Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Barsa" Alvares transferidan voz kechdi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Kataloniyaliklar boshqa variantlarni ko‘rib chiqmoqda

«Barselona» rahbariyati «Atletiko» hujumchisi Xulian Al’varesni sotib olish g‘oyasidan deyarli voz kechdi. Bu haqida jurnalist Matteo Moretto ma’lum qildi.

Avvalroq futbolchining o‘zi Madrid klubini tark etish istagini bildirgan edi.

- Hozircha «Barsa» transfer bozorida boshqa variantlarni ko‘rib chiqmoqda. Agar qandaydir favqulodda vaziyat yuz bermasa, Al’vares Kataloniya klubiga o‘tmaydi, — dedi Moretto Marca Transfer dasturida.

2025/2026 yilgi mavsumda 26 yoshli forvard barcha musobaqalar doirasida 49 o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma amalga oshirdi. 

Transfermarkt internet-portal ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining taxminiy qiymati 120 million evroni tashkil etadi. Uning «Atletiko» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q