“Barsa” Bundesligadan 4 ta superfutbolchini oladi
“Barselona” rahbariyati yozgi transferlar davrida himoya va hujum chiziqlarini Germaniya Bundesligasida katta tajriba to‘plagan to‘rt nafar futbolchi yordamida mustahkamlamoqchi.
Mundo Deportivo nashriga ko‘ra, Kataloniya superklubi “Bavariya”dan Dayo Upamekano va “Borussiya Dortmund”dan Niko Shlotterbekni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.
Manbaga ko‘ra, 25 yoshli Shlotterbekning transferi “Barselona”ga 40 million evroga tushadi. 26 yoshli Upamekanoning myunxenliklar bilan shartnomasi 30 iyunda yakunlanayotgani bois, frantsiyalik futbolchini bepul transfer qilish imkoni bor.
Kataloniyaliklar hujum chizig‘ini yangi ijrochilar bilan kuchaytirishni ham unutgani yo‘q. Xans-Diter Flik o‘z jamoasiga “Bavariya” to‘purari Harri Keyn va “Borussiya Dortmund” hujumchisi Seru Girassini kelishini kutyapti.
Bir necha manbalarning ta’kidlashicha, har ikki to‘purarni olish uchun “Barselona” 65 million evrodan pudl tayyorlab qo‘yishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar