"Barsa" futbolchi ketishini e'lon qildi
Kam bo‘lsa-da, bu ham daromad
«Barselona» yarim himoyachi bilan xayrlashdi. Tommi Markes endi o‘z faoliyatini Portugaliyaning «Braga» jamoasida davom ettiradi.
Kelishuv to‘liq transfer shaklida amalga oshirilgan, ya’ni gap ijarа haqida emas. Shu bilan birga, «Barselona» futbolchini kelajakda qayta sotib olish huquqini saqlab qoldi. Kataloniya klubi, shuningdek, Markesning keyingi ehtimoliy transferi uchun ham ma’lum foiz ulushiga ega bo‘ladi.
Klub rasmiy bayonotida «Barselona» Tommi Markesga yangi jamoasida va faoliyatining navbatdagi bosqichida omad tiladi. Eslatib o‘tamiz, u asosiy tarkib safida maydonga bor-yo‘g‘i ikki marta tushgan.
Ommaviy axborot vositalari tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Tommi Markesning «Braga»ga o‘tishi «Barselona»ga 11 million yevro ishlab bergan.

Izohlar (0)