"Barsaga Niderlandiyadan noxush xabar keldi"
Kutilmagan vaziyat yuzaga keldi
«Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yong Niderlandiya terma jamoasi yig‘inida jarohat oldi.
Bu haqida Gollandia terma jamoasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, havbek o‘zida noqulaylik sezgani uchun terma jamoa safini tark etib, qaytadan «Barselona» ixtiyoriga yo‘l olgan.
Eslatib o‘tamiz, Frenki de Yong yaqinda jahon chempionati paytida olgan jiddiy jarohatidan to‘liq tiklanib, maydonga qaytgan edi.
U kataloniyaliklar tarkibida shunchaki bir nechta o‘yin o‘tkazishga ulgurdi, xolos.

Izohlar (0)