Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Barsa" grandlar talashayotgan Torresga narx belgiladi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bu transfer ziyon keltirmasligi kerak

«Barselona» rahbariyati hujumchi Ferran Torresni u uchun to‘langan summadan arzonroq narxga sotmaslikka qaror qilgan. Bu haqida Diario Sport nashri xabar bermoqda.

Manbalarga ko‘ra, so‘z 55 million yevro atrofidagi miqdor haqida ketmoqda. Avvalroq ommaviy axborot vositalari Torres «Barselona»dagi holatidan qoniqmayotgani va boshqa jamoaga o‘tishga tayyor ekani haqida yozgan edi. 

Insayderlar ma’lumotiga binoan, hujumchiga PSJ va Angliyaning bir necha klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Shu bilan birga, «Barselona» hozircha futbolchi bo‘yicha rasmiy takliflar olmagani ta’kidlanmoqda. Kataloniya klubi bu masalani transfer oynasi yakunlanishini kutib o‘tirmasdan, kelasi hafta yakuniy hal etishni rejalashtirgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q