Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Barsa" himoyachi tanladi, lekin narxi yoqmayapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Qimmat so‘rashdi

«Barselona» qishki transfer oynasida himoya markazini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Klubning sport direktori Deku asosiy maqsad sifatida «Tvente» tarkibida to‘p surib kelayotgan 18 yoshli markaziy himoyachi Rud Neystad nomini qayd etgan. Kataloniya klubi yozgi transfer davrida ham yosh futbolchiga da’vogarlik qilgan edi.

Sport nashri ma’lumotlariga ko‘ra, «Tvente» Neystad uchun taxminan 20 million yevro talab qilmoqda. «Barselona» rahbariyati bu miqdorni yuqori, bozor narxidan oshirib yuborilgan deb hisoblamoqda. 

Shu bilan birga, futbolchining joriy mavsumdagi ishonchli o‘yinlari uning transfer qiymati oshishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgani ta’kidlanmoqda.

Transfermarkt portali mutaxassislari Rud Neystadni 18 million yevro atrofida baholamoqda. Joriy mavsumda niderlandiyalik himoyachi «Tvente» safida 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q