
“Barsa”: Mayli, unga yana bir imkon beramiz!
“Barselona” klubi rahbariyati Ansu Fati bo‘yicha fikrini o‘zgartirdi. Kataloniyaliklar “Brayton”da ijarada o‘ynab qaytgan hujumkor futbolchini sotib yubormoqchi bo‘layotgan edi.
Biroq, so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, klub xo‘jayinlari 21 yoshli o‘yinchiga o‘zini ko‘rsatish uchun imkon berishga qaror qilgan. Fati yakunlangan mavsumda Angliya klubida 30 ta uchrashuvda ishtirok etib, to‘rtta gol va bitta assist muallifi bo‘ldi.
Aslida Ansu “Barselona”ning eng iste’dodli tarbiyalanuvchilaridan hisoblanadi. Hatto, unga Lionel Messining vorisi sifatida e’tirof qaratilib, argentinalik yulduzning 10-raqami ham berilgan edi.
Afsuski, ketma-ket og‘ir jarohat olgan Ansu Fati keyinchalik o‘z darajasiga ko‘tarila olmadi. Endi u qadrdon klubi asosiy tarkibiga kirish uchun kuchli raqobatni engib o‘tishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar