Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Barsa"ning Rafinya bo‘yicha rejalari oshkor bo‘ldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Braziliyalik yulduz daromadli taklifdan voz kechishi kerak

«Barselona» braziliyalik yarim himoyachi Rafinyani yana yuqori sport formasiga qaytarishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Diario SPORT nashri xabar berdi.

Manba ma'lumotlariga ko‘ra, agar Rafinya Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubiga o‘tish taklifini rad etsa, «Barselona» uning tez-tez jarohat olish muammosini hal etishga alohida e'tibor qaratadi. 

Kataloniya klubi rahbariyati futbolchini 2024/25 mavsumidagi o‘yin darajasiga qaytarishni istamoqda. O‘sha paytda Rafinya «Oltin to‘p» uchun asosiy da'vogarlardan biri sifatida tilga olingan edi.

Yakunlangan mavsumda 29 yoshli Rafinya barcha musobaqalar doirasida 33 ta o‘yinda maydonga tushdi, 21 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q