“Barsa” Norvegiya terma jamoasi forvardini oladi

  • 02.04.2026 07:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniya chempionatida peshqadamlik qilayotgan “Barselona” jamoasi rahbariyati mavsum boshida “Manchester Yunayted”dan ijaraga olingan Markus Reşfordni to‘liq transfer qilishga urinmoqda.

Shu bilan birga agar bu transferni yakunlash imkoni bo‘lmasa, kataloniyaliklar jamoaga Norvegiya terma jamoasi hujumchisini taklif etadigan bo‘ldi.

Record nashri ma’lumotiga ko‘ra, “Barsa” sport direktori Deku “Manchester Yunayted”dagi hamkasblari bilan Reşford masalasida kelisha olmasa, klub “Benfika” hujumkor futbolchisi Andreas Shelderupni sotib olishga harakat qiladi.

Qayd etilishicha, 20 yoshli futbolchiga bir qator Yevropa klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda va “Benfika”da yozda o‘z o‘yinchisini sotib yuborib, daromad qilishni rejalashtiryapti.

Shelderupning shartnomasida 100 million yevro miqdorida tovon puli belgilangan.

Yaqinda yosh futbolchi Norvegiya terma jamoasi safida kattalar darajasidagi ilk golini urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!