
“Barsa” Shomurodovning sherigini so‘rayapti
“Barselona” joriy mavsumdan keyin yozgi transferlar vaqtida tarkibini kuchaytirish masalasini ko‘rib chiqadi.
Hujum chizig‘iga mo‘ljallanayotgan futbolchilar ro‘yxatiga “Roma”da o‘ynayotgan Matias Sule ham bor. Yaqinda bu futbolchi o‘zbekistonlik legioner Eldor Shomurodov bilan hamkorlikda “Parma”ga qarshi ishonchli o‘yin namoyish qilib, uchrashuv qahramoniga aylangandi.
Argentina terma jamoasiga nomzod bo‘lgan 21 yoshli Sule aslida “Yuventus” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va rimliklar uni yozda 25 million evro evaziga o‘z safiga qo‘shib olgandi.
Rimdagi o‘yinlari bilan Sule bir necha grand klublar e’tiboriga tushdi. Manbalarga ko‘ra, “Roma” rahbariyati bu o‘yinchining qimmatroq summa evaziga boshqa klubga o‘tishiga qarshilik qilmaydi.
Transfer bo‘yicha ekspertlar “Barselona”da Matias Suleni o‘z tarkibiga qo‘shib olish uchun yaxshi imkoniyat bor ekanini ta’kidlamoqda.
Fikrlar