"Barsa" shu transferni uddalasa, Husanovning yo‘li ochiladi
Ispaniyaning amaldagi chempioni «Barselona» himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida «Manchester Siti» tarkibida to‘p surib kelayotgan Mateush Nun’yeshni transfer nishonlari ro‘yxatiga kiritdi.
The Sun Football nashri jurnalisti Ekrem Konurning ma’lumot berishicha, 28 yoshli portugaliyalik futbolchiga Angliya Premyer-ligasining yana bir qator klublari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Mateush Nun’yesh 2023 yil sentyabridan buyon «Manchester Siti» sharafini himoya qilmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyuni oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt.de portali futbolchini 45 million yevro atrofida baholamoqda.
Joriy mavsumda Nun’yesh «Manchester Siti» safida yetti o‘yinda maydonga tushdi, biror gol yoki golli uzatma qayd etmadi. Ushbu jamoada Nun’yesh O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov bilan bir pozitsiya uchun raqobat olib bormoqda.
Gap shundaki, «Manchester Siti» himoyasining o‘ng qanotida Kayl Uoker ketganidan buyon kadrlar tanqisligi kuzatilmoqda.
Keyinchalik bu pozitsiya uchun asli boshqa ampluada o‘ynaydigan futbolchilar moslashtirildi. Xosep Gvardiola asli yarim himoyachi Mateush Nun’yesh va markaziy himoyachi Abduqodir Husanovni keyingi ikki mavsum davomida eng qanot himoyasiga aylashtirdi.
Endi Enco Mareska ham ustozining ishini davom ettirmoqda. Hujumkor o‘yin taktikasiz zarur paytlarda oldinga o‘tib o‘ynaydigan Nun’yesh xizmatidan foydalanayapti. Himoya birinchi o‘ringa chiqqan paytda o‘ng qanot himoyasini Abduqodirga topshiryapti.
Xullas har ikki o‘yinchining bir biridan ustun tomonlari yetarli.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, agar "Barselona" maqsadiga yetib, Mateush Nun’yeshni transfer qiladigan bo‘lsa, Abduqodir Husanov himoyaning o‘ng qanotida yana asosiy nomzodga aylanadi.
Demak, vaziyatni kuzatishda davom etamiz...

Fikrlar