Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Barsa" "Siti" yulduziga ko‘z tikdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Kataloniyaliklarga aynan shunaqa o'yinchi kerak

Ishonchli manbalarga ko‘ra, «Barselona» «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rayan Sherkiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Shu bilan birga, kataloniyaliklar transfer bo‘yicha rasmiy harakatlarni faqat bir shart bajarilgan taqdirda boshlashga tayyor: agar «Manchester Siti» futbolchi uchun talab qilayotgan summaga tushishga rozi bo‘lsa. Ma’lumotlarga ko‘ra, ispaniyalik grand angliyalik klubga nisbatan Angliya premier-ligasining moliyaviy qoidalarini buzgani uchun ehtimoliy jazolar qo‘llanilishi mumkinligini hisobga olgan holda, narxni pasaytirish imkoniy bor, deb umid qilmoqda.

Rayan Sherki «Manchester Siti» sharafini 2025 yildan buyon himoya qilib kelmoqda. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 90 million yevro atrofida baholamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q