“Barsa” to‘rtta yulduzni nishonga oldi
Ispaniya chempionligini saqlab qolishga urinayotgan “Barselona” kelasi yozda tarkibini kuchaytirish bo‘yicha reja tuzib qo‘ydi. Kataloniya klubi moliyaviy ahvolidan kelib chiqish ish ko‘rmoqda.
Ana shu maqsadda, klub mutasaddilari eng avval yozda erkin agent maqomini oladigan tajribali futbolchilarga e’tibor qaratadigan bo‘ldi.
“Barselona” o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan o‘yinchilar ro‘yxatiga Bernardu Silva (“Manchester Siti”), Ibrohim Konate (“Liverpul”), Markos Senesi (“Bornmut”) va Leon Goretska (“Bavariya”) kiritildi.
Bu haqida The Touchline X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, Kataloniya klubi aniq qadamlarni boshlash uchun La Ligadagi 1:1 moliyaviy qoidasiга amal qiladi. Klub bir necha yillardan beri moliyaviy muammolar bilan kurashib kelayotganи bois, yangi o‘yinchilarni olish va ularni La Liga qaydnomadigan o‘tkazish masalasini puxta tashkil qilishga majbur bo‘lmoqda.
Fikrlar