“Barsa” uch himoyachi tanladi
“Barselona” tarkibini kuchaytirish maqsadida ayni paytda uch nafar markaziy himoyachiga qiziqish bildirmoqda. Kataloniyaliklar chap oyoqda o‘ynaydigan futbolchilarni kuzatmoqda.
Bu haqida Sport.es sayti xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar qiziqish bildirayotgan eng mashhur futbolchi Bilbaoning “Atletik” klubida o‘ynayotgan Emerik Laportdir. U 2026 yildagi jahon chempionatida Pau Kubarsi bilan himoya markazida juftlikni tashkil qilgan.
Shuningdek, Kataloniya klubi “Leyptsig” futbolchisi Kastello Lyukebani ham kuzatmoqda. Uning shartnomasida 80 million yevro miqdorida tovon puli belgilangan, ammo “buqalar” 23 yoshli futbolchini bundan kamroq summaga sotishi mumkin.
“Barselona” skautlari “Betis” himoyachisi Natanning o‘sishini ham e’tibordan qochirmayapti. Uning tovon puli ham 80 million yevroni tashkil qiladi, ammo uni arzonroq narxga olish imkoni bor.
Avvalroq Natanning agenti “ko‘k-anorranglilar” tomonidan qiziqish borligini ma’lum qilgan va muzokaraga tayyor ekanini bildirgan edi.

Fikrlar