“Barsa” xўjayini Mbappening “pўstagini qoqdi”

  • 12.01.2026 21:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Ispaniya Superkubogi finalida ikki ashaddiy raqib – “Barselona” va “Real” o‘zaro to‘qnash keldi. Navbatdagi “el klasiko”da kataloniyaliklar futbolchilar 3:2 hisobida zafar quchdi.

“Barselona” prezidenti Joan Laporta Ispaniya Superkubogi finalidan keyin madridliklar to‘purari Kilian Mbappeni keskin tanqid qildi.

- Mbappening xatti-harakatlari meni hayratga soldi. G‘alabada ham, mag‘lubiyatda ham inson olijanob va hurmatli bo‘lishi kerak.

Bu – sport, unda hamma o‘zini munosib tutish lozim. Biz g‘alaba qozonganimizda raqibga hurmat ko‘rsatgan edik, shuning uchun Mbappening qilgan ishini tushunmayman, - dedi Joan Laporta.

Ta’kidlash joizki, Kilian  Mbappe boy berilgan finaldan “Real” futbolchilariga “Barselona” uchun chempionlik yo‘lagini tashkil qilishga xalaqit bergani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, “Barselona” o‘z tarixida 16-marta Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi va bu turnir rekordi hisoblanadi. “Real” esa mazkur sovrinni 13 marotaba yutgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!