"Barsа" Holandga hujum tayyorlayapti
Kataloniyaliklarning rejasi bor
Kataloniya klubining rejalari ma'lum bo‘ldi. «Barselona» 2027 yilga kelib juda kuchli hujum chizig‘ini shakllantirishni maqsad qilgan. Bu haqida El Nacional nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, «Atletiko» safida to‘p surishini davom ettirayotgan Xulian Alvares hali ham kataloniyaliklarning transfer ro‘yxatida turibdi.
Shu bilan birga, kataloniyaliklar allaqachon «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xolandni qo‘lga kiritish bo‘yicha uzoq muddatli rejalar ustida ish boshlagan. Norvegiyalik forvardning amaldagi shartnomasi 2034 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum boshida «Manchester Siti»ni yangi murabbiy Enco Mareska qabul qilib oldi. Uning qo‘l ostida jamoa Angliya chempionatida o‘tkazgan uch uchrashuvning barchasida g‘alaba qozondi.

Izohlar (0)