"Barsa" yulduzi Italiyadan ish topdi
Bir urinib ko‘rish kerak
Turinning «Yuventus» klubi jamoa himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqida La Gazzetta dello Sport nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, «eski sinyora»ning transfer ro‘yxatiga bir vaqtning o‘zida bir necha nomzod kiritilgan. Jumladan, «Barselona» safida to‘p surib kelayotgan Alehandro Bal’de, «Manchester Siti» futbolchisi Rayan Ait-Nuri hamda «Tottenxem»ning yosh himoyachisi Destini Udodji klub diqqat markazida turibdi.
Joriy mavsumda Italiya A Seriyasida «Yuventus» 11 turdan so‘ng 18 ochko jamg‘argan. Turinliklar hozircha musobaqa jadvalidа yettinchi pog‘onadan joy olgan.
Klubning navbatdagi uchrashuvi ham o‘z maydonida o‘tadi. «Yuventus» yakshanba, 22 noyabr kuni «Venetsiya» jamoasini qabul qiladi.
Izohlar (0)