“Barsa” yulduzini 120 million yevroga bermadi
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” keyingi yillarda jamoaning muhim oʻyinchisiga aylanib qolgan braziliyalik legioner Rafinyani 120 million yevroga qoʻyib yubormadi.
Fichajes nashrining yozishicha, Saudiya Arabistonining eng badavlat klublaridan hisoblangan “Neom” bu oʻyinchi uchun 100 million yevro asosiy toʻlov va 20 million yevro miqdorida bonuslar taklif qilgan edi.
Kataloniya klubi rahbariyati bu taklifni hatto muhokama ham qilmagan va futbolchi sotilmasligini bildirgan. Qaror juda tez qabul qilingan.
“Barselona” mutasaddilarining taʼkidlashicha, joriy mavsumda etakchi futbolchilarni saqlab qolish klubning ustuvor vazifasi hisoblanadi.
Fikrlar