Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

“Barsa”dan noroziman!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Muammo nimada?

“Barselona” hujumkor futbolchisi Runi Bardgji maydonga tez-tez chiqishni istashini ta’kidladi. 20 yoshli futbolchi Kataloniya klubidagi debut mavsumida o‘ziga berilayotgan o‘yin vaqti kamligidan norozi bo‘lmoqda.

- Men o‘z rolimdan 100 foiz qoniqmayapman. O‘ylaymanki, men ko‘proq o‘yin vaqtiga loyiqman, ayniqsa zich taqvimni hisobga olsak.

Ammo bu futbol. Men bu yerda mendan uzoqroq o‘ynayotgan jamoadoshlarimni hurmat qilishimga to‘g‘ri keladi.

Sabr qilaman, chunki o‘zimning nimlarga qodir ekanimni bilaman. Men o‘zimga to‘liq ishonaman. “Barsa”da o‘ynash har doim mening orzum bo‘lgan, - deydi shved futbolchisi.

Runi Bardgji Daniyaning “Kopengagen” klubidan “Barselona”ga o‘tganidan keyin yangi jamoasi safida 22 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol va 4 ta assist muallifi bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q