“Barsa”ga ikki superhimoyachi kerak
Ispaniyaning amaldagi chempioni “Barselona” yaqin to‘rt-besh yil davomida jamoani kuchaytirishga qodir markaziy himoyachilarni olish variantlarini ko‘rib chiqmoqda.
Kataloniyaliklar uchun eng muhim nomzodlar “Manchester Siti”da barqaror o‘ynayotgan Yoshko Gvardiol va “Inter”ning keyingi yillardagi etakchi himoyachisiga aylangan Alessandro Bastoni bo‘lib turibdi.
Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.
Unga ko‘ra, Kataloniya superklubi moliyaviy muammolarini hal etgach, katta ehtimol bilan kelasi yozda ushbu futbolchilarni xarid qilish haqida jiddiy o‘ylab ko‘rishi mumkin. Ta’kidlanishicha, “Barselona” Gvardiol va Bastoni misolida ham himoya markazida, ham chap qanotda o‘ynay oladigan, to‘pni nazorat qilishni biladigan va katta o‘yinlar tajribasiga ega himoyachilarni ko‘rmoqda.
Ushbu futbolchilar “Barselona” bilan shartnomasi 2026 yilning yozida yakunlanadigan Andreas Kristensen va psixologik muammolarga duch kelgan Ronald Arauxoning o‘rnini bosishi kutilyapti.
Fikrlar