
"Barselona" - "Real" uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi ma’lum
la Liganing 10-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Real" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda madridliklar 1:2 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Jud Bellingem, deb topildi.
Yarim himoyachi ikkita gol urib, jamoasining kambek qilishiga sababchi bo‘ldi. Hisobni tenglashturuvchi goli esa shunchaki shedevr.
Eslatib o‘tamiz, Bellingem ushbu mavsum "Real" tarkibida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 3 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar