"Barselona" emas! Al’vares boshqa jamoa tanladi
Zoʻr variant chiqib qoldi
Yozda argentinalik hujumchi faoliyatini "Barselona"da davom ettirishga umid qilgan bo‘lsa, hozir uning uchun eng asosiy yo‘nalish sifatida "Arsenal" ko‘rilmoqda.
Gilyem Balage tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, forvard "Atletiko"ni kelayotgan qishki transfer oynasining o‘zida tark etishi mumkin.
Xabar qilinishicha, Alvares o‘zining uzoq muddatli kelajagini madridliklar bilan bog‘lamaydi va Londonga ko‘chib o‘tish variantinni jiddiy ko‘rib chiqmoqda.
Yozda ingliz klubi uni sotib olish uchun 100 million funtdan ortiq taklif berishga tayyor bo‘lgani aytilgan.

Izohlar (0)