Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

“Barselona” Ferran Torres bilan xayrlashmoqchi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

«Barselona» Ferran Torresni sotishga tayyor, vinger yozda moliyaviy jihatdan manfaatli takliflar fonida jamoani tark etishi mumkin.

"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi vingeri Ferran Torres yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Jurnalist Florian Plettenbergning yozishicha, futbolchi bir necha moliyaviy jihatdan manfaatli takliflar olgan va yangi jamoaga o'tish imkoniyatini ko'rib chiqishga tayyor.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Barselona" hozircha Torres bilan shartnomani uzaytirishga oshiqmayapti. Kataloniya klubi futbolchining kelgusi faoliyati bo'yicha turli variantlarni ko'rib chiqishga ochiq. Hozirgi shartnoma 2027 yil yozigacha amal qiladi.

2025/2026 yilgi mavsumda Torres "Barselona" tarkibida 49 o'yin o'tkazib, 21 ta gol urdi va uchta golli pas berdi. Hozirda u Ispaniya terma jamoasi safida jahon chempionatida faol ishtirok etmoqda va musobaqada bir golli uzatma muallifiga aylandi. Transfermarkt portali bahosiga ko'ra, futbolchining transfer qiymati 50 million yevro atrofida baholanmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q