Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Barselona"ga o'tishga tayyor edim

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Kataloniyaliklar e'tibor qaratmadi

«Atletik» Bilbayo markaziy himoyachisi Emerik Laport o'tgan yozda «Barselona» safiga o'tishni istagan.

Kataloniya klubi 32 yoshli tajribali futbolchini jiddiy ravishda nomzod sifatida ko'rib chiqqan. Jahon chempioni bo'lgan Laportning o'zi ham «Barselona»ga qo'shilish g'oyasini ma'qullagan, biroq transfer amalga oshmay qolgan. 

Bunga «Atletik» rahbariyatining futbolchi bilan xayrlashishni istamagani asosiy sabab bo'lgan.

Transfermarkt portali bahosiga ko'ra, Emerik Laportning transfer qiymati 8 million evroni tashkil etadi. Markaziy himoyachining amaldagi shartnomasi Bilbayo klubi bilan 2028 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.

Yaqinlashib kelayotgan tur doirasida «Barselona» yakshanba kuni safarda «Valensiya»ga qarshi maydonga tushadi. Bir kun oldin esa «Atletik» o'z maydonida madridlik «Atletiko»ni qabul qiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q