“Barselona” yangi bosh murabbiy tanladi

  • 2 mart, 2024, 19:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xavi Ernandes joriy mavsum yakunlanishi bilan “Barselona” bosh murabbiyligidan ketishini e’lon qilgan. Uning tanlovini klub rahbariyati ham qabul qildi.

Ayni paytda kataloniyaliklar jamoani keyingi mavsumga tayyorlaydigan yangi bosh murabbiy qidirmoqda.

Ro‘yxatda bir necha mashhur mutaxassislar bor. Biroq, kataloniyaliklar taklif qilmoqchi bo‘layotganlardan Luis Enrike va Mikel Arteta PSJ va “Arsenal”dagi ishini tashlab, “Barselona”ga ko‘chib o‘tolmaydi.

Yurgen Klopp “Liverpul”ni topshirganidan keyin ma’lum muddat  hordiq chiqarmoqchi va hech qanday takliflarni ko‘rib chiqmaydi.

Germaniyalik mutaxassis Xans-Diter Flik “Barselona”ga o‘z xizmatini taklif qilgandi. Biroq bu nomzod rahbariyatni qiziqtirgani yo‘q.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Barselona” xo‘jayini Joan Laporta  “Brayton”nni boshqarayotgan Roberto De Dzerbiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ham kataloniyaliklarga italiyalik murabbiyni taklif qilishni maslahat berdi.

Kataloniya klubi rahbariyati Roberto De Dzerbining taktik qarashlarini klubnikiga mos, degan xulosaga kelgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!