Bartomeu: "Barselona"dagi faoliyatimdan faxrlanaman"

  • 09.06.2026 16:18
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xosep Mariya Bartomeu klubdagi prezidentlik davri haqida fikr bildirdi.

"Barselona"ning sobiq rahbari o‘z ishini yuqori baholab, tanqidlarga ham javob qaytardi.

"Kimdir meni klub tarixidagi eng yomon prezident deydi — bu meni kuldiradi. Mening prezidentlik davrimda jamoa 13 ta titul yutdi. Vitse-prezident sifatida yana 9 ta, Laporta davrida esa 1 ta sovrin qo‘lga kiritilgan. Jami 23 ta sovrin — bu bilan faxrlanish mumkin", — dedi Bartomeu.

Uning ta’kidlashicha, moliyaviy natijalar ham murakkab vaziyatlarga qaramasdan ijobiy bo‘lgan.

"Biz 110 million yevro daromad qildik, keyin pandemiya sabab 128 million yevro yo‘qotdik. Tanqid qiluvchilar boshqa narsalarni hisobga olmayapti", — dedi u.

Bartomeu shuningdek infratuzilma, akademiya va klub loyihalarini ham esga oldi.

"Yoxan Kroyff arenasi, “Syutat Esportiva”dagi pavilonlar va "Espai Barça" loyihasi — barchasi shu davrda amalga oshirilgan. Albatta xatolar bo‘lgan, lekin umumiy balans ijobiy", — deya qo‘shimcha qildi u.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!