"Bavariya" APLdan murabbiy olib kelmoqchi
"Bavariya" "Brayton" bosh murabbiyini jamoaga olib kelmoqchi.
Jurnalist Florian Plettenbergning ma’lum qilishicha, agar myunxenliklar "Bayer" murabbiyi Xabi Alonso bilan kelisha olmasa, De Dzerbi variantiga to‘xtaladi. "Bavariya"ning yangi sport direktori Maks Eberlga italiyalik mutaxassisning ish uslubi yoqadi.
De Dzerbining shartnomasida agar grand klubdan taklif bo‘lsa, qo‘yib yuborish bandi bor. Uning xizmatiga shuningdek, "Barselona" ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar