“Bavariya” ikkinchi darvozabonga beshta gol urdi

  • 11.09.2026 06:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Chempionlar ligasi 2026/2027 yildgi mavsum umumiy bosqichining 1-turidan o‘rin olgan Germaniyaning “Bavariya” va Norvegiyaning “Budyo-Glimt” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv mezbonlarning yirik hisobdagi g‘alabasi bilan  yakunlandi. O‘yin Germaniyaning Myunxen shahridagi “Arena Myunxen” stadionida bo‘lib o‘tdi. Mezbonlar 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

47-daqiqada “Bavariya” yarim himoyachisi Jamal Musiala hisobni ochdi. 61-daqiqada Harri Keyn mezbonlarning ustunligini ikki karra oshirdi. 77-daqiqada himoyachi Alfonso Devis mehmonlar darvozasiga uchinchi golni urdi. Qolgan daqiqalarda Maykl Olise bir juft to‘p kiritib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.

“Budyo-Glimt”ning rossiyalik darvozaboni Nikita Xaykin jarohati sabab uchrashuv tanaffusida almashtirildi.

Umumiy bosqichning 2-turida “Bavariya” 13 oktyabr kuni Norvegiyaning yana bir vakili – “Viking” jamoasi bilan uchrashadi, “Budyo-Glimt” esa 14 oktyabr kuni Dortmundning “Borussiya”siga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!