"Bavariya" olis yurtdan zo'r hujumchi topdi

  • 13.09.2026 23:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliyalik hujumchi Kayо Jorje hanuz myunhenlik «Bavariya» skautlari diqqat markazida qolmoqda. Bu haqida jurnalist Ekrem Konur o‘z ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniya grandi o‘z skautlarini Braziliyaga yuborgan. Ular «Kruzeiro» safida to‘p surayotgan forvardning o‘yinlarini yaqinidan kuzatmoqda. Joriy mavsumda Kayо Jorje mamlakat chempionatida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan.

24 yoshli futbolchi «Kruzeiro» bilan amaldagi shartnomasiga ko‘ra 2030 yil dekabri oxirigacha klub bilan bog‘langan. Mutaxassislar uning transfer qiymatini taxminan 25 million yevro atrofida baholamoqda.

Kayо Jorje uchun Yevropa futboli begona emas: u avvalroq Turinning «Yuventus» va «Frozinone» jamoalari sharafini himoya qilgan. Futbolchining Braziliya terma jamoasi safida ham bir o‘yini bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!