"Bavariya" Sanega o‘rinbosar topdi

  • 13.03.2024 17:50
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

"Shtutgart" yarim himoyachisi Kris Fyurix boshqa nemis grandiga o‘tishi mumkin. Insayder Kristian Falk xabariga ko‘ra, "Bavariya" germaniyalik yarim himoyachini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Germaniya chempioni 26 yoshli qanot hujumchisini yozgi transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Myunxenliklar Krisni klub bilan shartnomasini uzaytirmasligi mumkin bo‘lgan Leroy Sanega o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Uning shartnomasi 2025 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda Fyurix 29 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning "Shtutgart" bilan shartnomasi 2028 yilda tugaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!