“Bavariya” supertransferni uddaladi
“Bavariya” klubi rahbariyati yangi bosh murabbiy Vensan Kompanini katta transferlar bilan qo‘llab–quvvatlamoqda.
Sky Sport nashri jurnalisti Florian Plettenbergning ma’lum qilishicha, myunxenliklar bir necha grand klub talashayotgan Maykl Oliseni qo‘lga kiritgan.
Manbaga ko‘ra,”Kristal Pelas”da porlagan 22 yoshli hujumkor futbolchi “Bavariya” bilan besh yillik shartnoma imzolaydi.
Bu transfer nemis klubiga 60 million evroga tushishi aytilmoqda.

Fikrlar