Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Bavariya" yangi rekord o‘rnatdi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Haqiqiy zo‘r jamoa mana shunaqa bo‘ladi

Myunxenning «Bavariya» jamoasi Germaniya Superkubogi tarixida 12-marta g‘olib chiqdi. Dortmundda o‘tgan bahsda myunxenliklar mahalliy «Borussiya»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa «Bavariya» musobaqa tarixida eng ko‘p Superkubok yutib kelayotgan klub sifatida rekordini yanada mustahkamladi. 

Ularning eng yaqin ta’qibchisi ham aynan «Borussiya» bo‘lib, dortmundliklar bu sovrinni olti marta qo‘lga kiritgan.

Uchrashuv «Dortmund» stadionida bo‘lib o‘tdi. O‘yinga bosh hakam sifatida Daniel Shlager tayinlandi. Myunxenliklar tarkibida Nataniel Braun va Maykl Olise gol urdi. Mezbonlar safida yagona gol muallifi Fabiu Silva bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yildgi Germaniya Superkubogi ham «Bavariya» g‘alabasi bilan yakunlangan edi. O‘shanda myunxenliklar «Shtutgart»ni ham 2:1 hisobida mag‘lub etgan.

O‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra «Bavariya» 89 ochko to‘plab, Germaniya chempioniga aylandi. Shuningdek, klub mamlakat Kubogini ham qo‘lga kiritdi. 

Dortmundning «Borussiya» jamoasi esa Bundesligada vitse-chempion bo‘lgani uchun Superkubokda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q