Asosiy mazmunga oʻtish

Boshqalar

"Baxtli raqam"ning ilk g‘olibi aniqlandi

Shahzod
Izohlar: 1

Yangi o‘yin start oldi.

Bugun SPORTS.uz internet nashri tomonidan "Baxtli raqam" deb nomlangan sovrinli o‘yini boshlandi. O‘yinimizda ishtirok etishni istaganlar shunchaki "O" harfi bilan Beeline, Ucell, Perfectum Mobile abonentlari - 5454, UMS abonentlari - 77777 va  Uzmobile abonentlari esa  1424 raqamlariga SMS ko‘rinishda yuborishlari talab etiladi.

G‘olib esa tasodifiy raqamlar generatori orqali aniqlanadi. Generator tanlagan abonent esa g‘olib deb topiladi va Samsung Galaxy A10 smartfoni egasiga aylanadi. 

Hozirgina esa "Baxtli raqam" sovrinli o‘yinining ilk g‘olibi aniqlandi. Unga ko‘ra, generator +99890 XXX-33-13 raqamini tanladi va o‘z-o‘zidan ushbu abonent egasi "Baxtli raqam"ning ilk g‘olibiga aylandilar. Ushbu raqamga bevosita jonli efir vaqtida qo‘ng‘iroq qilib, ularni mazkur quvonchli xabar bilan xushnud etishga harakat qilib ko‘rildi, ammo afsuski, +99890 XXX-33-13 raqami xizmat doirasidan tashqarida ekanligi bois bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi.

Shunday bo‘lsada, xodimlarimiz ular bilan yana albatta bog‘lanishga harakat qilib ko‘rishadi. Bu borada o‘yinimizning keyingi sonida batafsil ma’lumot beramiz. Ikkinchi son esa payshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q