Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Bekxem qariyb yuz million yevro ishlab oldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Shu bola rosa soqqa qilishni biladi

Sobiq ingliz futbolchisi Devid Bekxem AQShda hamon katta daromad topmoqda. Uning nomi o‘ziga ishlayapti, jahon chempionati esa unga rekord darajada foyda olish uchun qo‘shimcha imkoniyat ochib berdi.

Musobaqa davomida Bekxem bir qator reklama roliklarida ishtirok etdi, shuningdek Bank of America, Lenovo, McDonald's va Verizon kabi yirik kompaniyalar bilan hamkorlik qildi.

Natijada, 2026 yil uchun daromadlar deklaratsiyasiga ko‘ra, uning foydasi 97 million evroni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich bir yil oldingiga nisbatan ancha yuqori: o‘shanda Bekxemning daromadi 80 million evro atrofida bo‘lgan edi.

Umuman olganda, nufuzli moliyaviy nashr Forbes Devid Bekxemning jami boyligini 1,35 milliard AQSh dollari miqdorida baholamoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q