Bellingem: “Faqat ahmoqlar “R” harfini unutishadi”
Bellingem uni qo‘llab-quvvatladi
Barcha jurnalistlar "Real"ning hujum triosini “BMV” deb faol muhokama qilishmoqda. Bu uchlikka Rodrigo e’tiborsiz qoldirilib, Jud Bellingem, Kilian Mbappe va Vinisius Juniorlar tilga olinmoqda. Braziliyalik forvardni Bellingem qo‘llab-quvvatladi.
“Faqat ahmoqlar “R” harfini unutishadi”,- deb yozib qoldirdi angliyalik yarim himoyachi o‘z ijtimoiy tarmog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, seshanba kuni Madridning “Real” klubi Chempionlar ligasining birinchi turida o‘z maydonida “Shtutgart”ni yirik 3:1 hisobida mag‘lub etgandi.
Endi Karlo Anchelotti jamoasi Ispaniya chempionati doirasidagi "Espanol"ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Jamoalar 21-sentyabr, shanba kuni “Santyago Bernabeu”da o‘ynaydi. Besh turdan keyin “Los-Blankos” hisobida 11 ochko bor.


Izohlar (0)