Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Bellingem raqib jamoa murabbiyini maqtadi

Jahongir Inomjonov
Izohlar: 0

Futbolchi qaysi mutaxassis haqida gapirdi?

"Real Madrid" yarim himoyachisi Jud Bellingem "Barselona"ning Ispaniya Superkubogidagi o‘yinidan hayratda qoldi. Bu haqda "Catradio Esports" xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, "El-klasiko"dagi yirik mag‘lubiyatdan so‘ng, Bellingem Xans-Diter Flikning "Barselona"dagi murabbiylikdagi harakatlardan hayratda qolgan. Xavbekning so‘zlariga ko‘ra, "Real" va "Barselona" o‘rtasidagi farq shundaki, "ko‘k-anorranglilar" maydonda nima qilish kerakligini aniq tushunishadi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya Superkubogi finali "Barselona"ning 5:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Ayni paytda "qaymoqranglilar" La Ligada etakchilik qilmoqda, kataloniyaliklar esa uchinchi o‘rinda bormoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q