Bellingem: "Real Madrid"dek sevimli birorta ham klub yo‘q"

  • 01.04.2025 16:06
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" va Angliya terma jamoasining hujumkor yarim himoyachisi hisoblangan Jud Bellingem Ispaniya kubogi doirasidagi "Real Sosedad"ga qarshi javob bellashuvidan jamoasi haqida iliq fikrlar bildirib o‘tdi. 
 
"Men uchun "Real Madrid"dek sevimli birorta ham klub yo‘q. Ular bilan shu erda, bir jamoada o‘fnayotganimdan va bu oq libosda g‘alabalarga qo‘shilayotganimdan xursandman. Umid qilamanki, keyingi 10-15 yilim faqat shu erda o‘tadi" - deya ta’rif berib o‘tdi "qirolik klubi" futbolchisi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 21 yoshli xavbek joriy mavsum "qaymoqranglilar" safida 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!