
Bellingem terma jamoadagi sherigini "Real"ga taklif qildi
Angliya terma jamoasi va "Real" Madrid klubi futbolchisi Jud Belingem termadagi sherigi Trent Aleksandr Arnoldni Madrid klubiga taklif qildi.
"Liverpul" himoyachisining amaldagi shartnomasi 2025 yilda yakuniga etadi.
"Real Madrid" so‘nggi yillarda o‘zining transfer siyosatini juda aniq belgilab oldi. Florentino Peres 2019 yilda Yovich va Azar bilan shartnoma imzolaganidan keyin ko‘p pul sarflashni istamayapti. Madrid jamoasi Trentning transferi uchun katta pul sarflamaydi va uning shartnomasi tugashini kutadi. Devis bilan bo‘lgani kabi, shartnomasi tugashiga bir yil qolganida, transfer uchun kirishadi. Agar "Bavariya" 50 million evro so‘rashda davom etsa, myunxenliklar yana bir yil kutishadi. va keyingi yil "Real" tekinga qo‘lga kiritishga harakat qiladi.
Fikrlar