
Benzema bosimga dosh berolmadi
“Al-Ittihod” hujumchisi Karim Benzema klub rahbariyatiga vaqtincha jamoadan ketishga qaror qilganini bildirdi.
RMC Sport nashrining yozishicha, 36 yoshli futbolchi bu qarorga kelishiga Saudiya Arabistonida o‘ziga bo‘layotgan bosimning ortib borayotgani sabab bo‘lganini ma’lum qilgan.
“Al-Ittihod” mutasaddilari vaziyatni o‘nglash maqsadida frantsiyalik futbolchiga Saudiya Professional ligasining boshqa klubiga ijaraga o‘tish variantini taklif qilgan. Biroq 36 yoshli to‘purar bunga ko‘nmadi.
Aksariyat manbalar Karim Evropaga qaytmoqchi ekanini yozmoqda. Tajribali o‘yinchiga “Lion” va Angliyaning bir necha klubi qiziqish bildiryapti. Benzema ortga qaytishi uchun maoshining katta qismidan voz kechishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar