Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Benzema jarohat oldi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Benzema bu qishda "Al-Ittihod"dan "Al-Hilol"ga ko'chib o'tdi

"Al-Hilol"ning yangi yulduz futbolchisi Karim Benzema jamoa mashgʻulotlari paytida sonidan jarohat oldi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.

Fransiyalik hujumchining "Al-Taavun"ga qarshi boʻlajak oʻyinda ishtirok etishi soʻroq ostida. Karim tez orada tibbiy koʻrikdan oʻtadi, shundan soʻng aniq tiklanish vaqti aniqlanadi.

Benzema bu qishda "Al-Ittihod"dan "Al-Hilol"ga koʻchib oʻtdi. 38 yoshli hujumchi yangi jamoasi safida uchta oʻyinda maydonga tushib, uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q