Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Bernardu Silva nomini tarixga yozdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bunaqa natija ilgari bo‘lmagan

“Manchester Siti” sardori Bernardu Silva Angliya Premier-ligasida klub tarixidagi eng ko‘p g‘alabaga ega futbolchiga aylandi.

Portugaliyalik yulduz “Bernli”ga qarshi safar o‘yinida to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qildi va jamoasining 1:0 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

Shu tariqa, Bernardu Silva APL doirasidagi 215-g‘alabasini nishonladi.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha 31 yoshli futbolchi birinchi o‘ringa chiqib oldi. Undan keyingi pog‘onani David Silva (214 ta g‘alaba) egallagan.

“Siti” safida eng ko‘p g‘alaba qo‘lga kiritganlar reytingida Ederson (205), Kevin de Bryune (197) va Fernandinyo (187) ham bor.

Bernardu Silva 2017 yildan beri “Manchester Siti”da o‘ynamoqda va klublar miqyosidagi barcha nufuzli turnirlar bosh sovrinini qo‘lga kiritgan. Mashhur yulduz joriy mavsum yakunida erkin agent sifatida klubni tark etadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q