Biz “Siti”dan qo‘rqmaymiz!
«Portu» jamoasiga Chempionlar ligasi doirasida kuchli raqib – «Manchester Siti»ga qarshi maydonga tushishga to‘g‘ri keladi.
Shunga qaramay, «Portu» bosh murabbiyi, italyalik mutaxassis Francesco Farioli raqibdan qo‘rqmasligini ta’kidladi.
«Biz dunyodagi eng kuchli jamoalardan biriga qarshi o‘ynaymiz. Bu klub transfer bozorida 527 million yevro sarflagan, oxirgi yillarda esa umumiy xarajatlari 3 milliard yevrodan oshib ketgan.
“Manchester Siti” barcha musobaqalarda g‘olib chiqish uchun qurilgan jamoa. Biz maydonga ular uchun o‘yinni iloji boricha qiyinlashtirish maqsadida tushamiz», – deya Fariolining so‘zlarini keltiradi derbyderbyderby.it nashri.
Eslatib o‘tamiz, «Portu» va «Manchester Siti» o‘rtasidagi uchrashuv seyşanba, sakkizinchi sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar