Bobousmon Baturov finalda

  • 25.04.2019 16:44
  • 0
  • Boks

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Bugun mazkur musobaqada yarim final bahslari davom etmoqda.

-69 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Bobousmon Baturov final yo‘llanmasi uchun hindistonlik Ashishga qarshi ringga ko‘tarildi. Mazkur jangda Baturov ochkolar hisobi bo‘yicha raqibini mag‘lub etdi va final yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar Sanjar Tursunov, Mirazizbek Mirzahalilov va Nodirjon Mirzahmedovlar final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgan edi.

Foto: O‘zbekiston  boks federatsiyasi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!