Boks. Bugun 5 nafar vakilimiz "Dracula Open" finalida ringga ko‘tariladi
Bugun Ruminiyadagi "Dracula Open" xalqaro turnirida final janglari o‘tkaziladi. Quvonarlisi, ushbu musobaqada ishtirok etayotgan besh nafar bokschimizning barchasi finalga qadar etib kelgan. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Bugun bokschilarimiz oltin medallar uchun quyidagi raqiblarga qarshi jang o‘tkazishadi:
-51 kg: Miralijon Mavlonov - Kristofer Gippokrat (Frantsiya)
-60 kg: Sayat Ilyasov - Artur Kuzmenko (Ukraina)
-67 kg: Shavkatjon Boltaev - David Fiore (Italiya)
-71 kg: Javohir Ummataliev - Nikita Zaxarchenko (Ukraina)
-75 kg: Fazliddin Erkinboev - Artis Kasyanov (Ukraina)
Fikrlar