Boks. Bugun Toshkentda jahon chempionati boshlanadi
Hamyurtimizga omad tilaymiz.
Bugundan poytaxtimizdagi muhtasham "Humo arena" ko‘p tarmoqli sport majmuasida dunyoning eng kuchli charm qo‘lqop ustalari chempionlik uchun murosasiz bahslarga kirishadi.
Biz uchun ahamiyatlisi, musobaqani hamyurtlarimizdan -60 kg vazn toifasidagi Mujibillo Tursunov boshlab beradi. Yurtdoshimiz taxminan 19:30 dan so‘ng boshlanadigan jangda hindistonlik Varinder Sinhga qarshi ringga ko‘tariladi.


Izohlar (0)