Asosiy mazmunga oʻtish
Boks

Boks. Yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati start olmoqda

Javohir Malikov
Izohlar: 0

Olimpiya shaharchasi mamlakat birinchiligiga mezbonlik qiladi.

20-28 yanvar kunlari Olimpiya shaharchasida joylashgan Yakkakurashlar zali Yoshlar (o‘gil bolalar) ishtirokidagi mamlakat birinchiligiga mezbonlik qiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, Sport akademiyasi, Mudofaa vazirligi,  Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi, Bahodir Jalolov nomidagi boksgа ixtisoslashtirilgan sport maktabi va yurtimizning barcha hududlaridan 18 jamoa, 230 nafar bokschilar ringga ko‘tarilishadi.

Bugun musobaqa oldidan, texnik yig‘ilish va qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Natijalar bilan tez orada tanishtirib o‘tamiz.

Janglar 23 yanvardan boshlab start oladi. 

Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q