Bokschilarimizdan medallar shodasi
Ularning kelajagi porloq
Qozog‘istonning Almati shahrida boks bo‘yicha jamoat va davlat arbobi, armiya generali Sagadat Nurmagambetov xotirasiga bag‘ishlangan XXIII xalqaro turnir nihoyasiga etdi.
Musobaqada O‘zbekiston, Tojikiston, Rossiya, Mo‘g‘uliston, Xitoy, Qirg‘iziston va Qozog‘istondan bokschilar ishtirok etishdi. Turnir yakunlariga ko‘ra, 12 nafar o‘zbekistonlik bokschi yurtimizga medal bilan qaytadigan bo‘ldi.

Musobaqada -64 kg vaznda ishtirok etgan hamyurtimiz Jahongir Rasulov oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Samandar Xolmurodov, Sherzodjon Xabibov, Rajabboy Atanazarov, Jamshid Abdullaev, Abdulla Xudorganov o‘z vaznida kumush medali bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Mansurjon Ismatullaev, Oybek Jo‘raev, Muhammad Boydavlatov, Jahongir Rahmonov, Temurxon Sobirov, Odiljon Aslonov, Timur Ergashev, Jamshid Xudoyberganov terma jamoamizga bronza medalini keltirdi.
Yigitlarimiz turnirda murabbiylar Ilyos Rahimjonov, Asqar Sultonov va Qo‘ldoshboy Tojiboev qo‘l ostida ishtirok etishdi.

O‘g‘iloy Abdusattorova tayorladi

Izohlar (0)