"Bo‘ldi, etar, Dide. Hamma charchadi!"

  • 11 iyul, 2024, 13:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyalik jurnalist Daniel Riolo Evropa chempionatidagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Deshamga nisbatan keskin gaplarni gapirdi.

“12 yil ichida etarlicha guvoh bo‘ldik. Bu endi dahshat. Biz oldinga harakat qilishimiz kerak. Bo‘ldi, etar, Dide. Biz endi bunday davom eta olmaymiz. Frantsuzlar buni boshqa ko‘rishni xohlashmaydi. Hamma charchadi!”, - dedi RMC Sport jurnalisti.

Dide Desham Frantsiya terma jamoasida 2012 yildan buyon bosh murabbiy sifatila ishlab kelmoqda hisoblanadi. Uning qo‘l ostida jamoa 2018 yil Jahon chempionligini tantana qilgan.

“Uch ranglilar” Evro-2024 yarim final bosqichida Ispaniyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqadan chiqib ketishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!