Bo‘ldi, terma jamoada o‘ynamayman!

  • 11.03.2026 08:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti”da yulduzli onlarini o‘tkazgan Kayl Uoker bu mavsum “Bornli” sharafini himoya qilmoqda. Tajribali himoyachi xalqaro maydondagi faoliyatini yakunlaganini va Angliya milliy terma jamoasida boshqa o‘ynamasligini bildirdi.

- Bu – xotiralar. Sen Angliya terma jamoasida o‘ynashni hatto orzu ham qilmaysan.

Bolaligingdagi klubing – “Sheffild Yunayted”da o‘ynashni orzu qilishing mumkin va bu ni amalga oshirish imkoniy bor.

Premyer-ligada g‘olib chiqish orzusi ham ro‘yobga chiqishi mumkin.

Ammo o‘z mamlakating uchun o‘ynash – bunday imkoniyatga hamma ham ega bo‘laver maydi.

Men terma jamoadan ketishimni katta g‘urur bilan e’lon qilaman. Ba’zilaringiz bundan xursand bo‘lasiz. Ba’zilaringiz esa, ehtimol, biroz xafa bo‘larsiz.

Men faqat rahmat aytmoqchiman. Men bilan ishlagan barcha murabbiylarga – Kapellodan boshlab Xodjson, Li Karsli, Garet Sautgeyt va Tomas Tuxelgacha, orzumni ro‘yobga chiqarishga yordam bergani uchun chin dildan minnatdorchilik bildiraman.

Bu minnatdorchilik mening avvalgi va hozirgi jamoadoshlarimga ham tegishli. Barchangizga rahmat, sizlarga eng yaxshi tilaklarni tilayman.

Muxlislarga esa shuni aytmoqchiman: yigitlarni qo‘llab-quvvatlashda davom eting. Ularga siz keraksiz. Ular mamlakatini faxr bilan himoya qilishi uchun siz ular bilan birga bo‘lishingiz kerak.

Umid qilamanki, endi men muxlis sifatida ularni kuzataman va ularning jahon chempionatida katta yutuqlarga erishishini ko‘raman.

Eng muhimi, oilamga rahmat aytmoqchiman. Yillar davomida men sizlardan uzoqda bo‘lganimda sabr qilganingiz uchun rahmat.

Orzum ortidan borish va mamlakatimni himoya qilish uchun uydan ketgan barcha paytlarim uchun rahmat.

Men faqat shuni aytmoqchimanki, bu sahifa endi yopildi. Va chin dildan tan olamanki, bu juda serqirra sayohat bo‘ldi, men undan juda-juda zavq oldim, - deb yozdi Uoker ijtimoiy tarmoqlarda.

Futbolchi 2011 yildan beri “uch sherlar” safida o‘ynab kelgan. Uoker terma jamoa safida 96 ta o‘yinda ishtirok etgan. Bu o‘yinlarda himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari bitta gol urgan va 10 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!