Bo‘ldi, “Siti”dan shu o‘yinchini olamiz!
Liverpul shahrining “Everton” klubi joriy mavsum jamoa safida ijarada o‘ynayotgan 30 yoshli hujumkor futbolchi Jek Grilishni tarkibda saqlab qolishga qaror qildi.
The i Paper Sport nashri xabariga ko‘ra, “Everton” rahbariyati Grilishning to‘liq transferi uchun 23 million yevro ajratishga tayyor.
Avvalroq, futbolchining o‘zi “Manchester Siti”ni tark etib, liverpullliklar jamoasiga o‘tishni istayotgani xabar qilingan edi.
Joriy mavsumda Grilish barcha musobaqalarni hisobga olganda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta assist berdi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, ingliz futbolchisining qiymati 25 million yevroga teng.
Fikrlar